
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti 09.00.07 — "Ma'naviyat tarixi va nazariyasi", 09.00.08 — "Ma'naviy tarbiya" va 09.00.09 — "Ma'naviy jarayonlar va texnologiyalar" ixtisosliklari bo'yicha (DSc hamda PhD) mustaqil izlanuvchilikka qabulni e'lon qildi.
Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi: oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi (yoki nusxasi), kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis, qisqacha biografik ma'lumotnoma hamda ish joyidan tavsifnoma. Hujjatlar Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.



