
2026-yil 22-avgust kuni Samarqand shahrida, Samarqand davlat universiteti bosh binosida "Ma'naviy islohotlarning yangi bosqichida targ'ibot ishlarining ilmiy-metodik muammolari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Tadbir Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti, Fanlar akademiyasi va "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan.
Konferensiya olti yo'nalish bo'yicha ish olib bordi: ma'naviy islohotlarning nazariy-falsafiy asoslari, targ'ibot ishlarining ilmiy-metodik asoslari, raqamli jamiyatda ma'naviy targ'ibot, yoshlar ma'naviyati va fuqarolik mas'uliyati, milliy meros va Uchinchi Renessans g'oyalari, hamda global tahdidlar sharoitida milliy o'zlikni saqlash masalalari.
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan konferensiya materiallari to'plam sifatida chop etildi.



