Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti va "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati hamkorligida "Maromiylik" loyihasi doirasida "O'zbek to'ylaridagi isrofgarchilik — an'ana va zamon ziddiyatlari" hamda "Maromiylik" mavzusida maqolalar tanlovi e'lon qilindi.
Tanlovda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, jurnalistlar va ushbu mavzuga qiziqqan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.



