
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti hamkorligida "Yangi O'zbekiston: ma'naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Konferensiya ishida taniqli professor va olimlar, shuningdek yosh tadqiqotchilar o'z ilmiy izlanishlari yuzasidan qarash va xulosalarini bayon qildilar. Tadbir falsafa, pedagogika, psixologiya va siyosat yo'nalishlarini qamrab oldi. (Batafsil: uza.uz)



